«oliy majlis senati» tegli maqolalar


Senatda ayollar va bolalar huquqi himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘riladi
5 aprel 2023, 09:43

Senatda ayollar va bolalar huquqi himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘riladi

Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisi 6-aprel kuni chaqiriladi. Unda davlat chegarasini qo‘riqlash, Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik, Qozog‘iston bilan mahkumlarni topshirish hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Tashqi ishlar vazirligi va ombudsman hisoboti eshitiladi.

O‘zbek adabiyotshunos olimiga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot berildi
31 oktabr 2022, 13:19

O‘zbek adabiyotshunos olimiga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot berildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, adabiyotshunos olim Shuhrat Sirojiddinov Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Mukofot Qirg‘iziston Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012 yil noyabr oyida ta’sis etilgan.

«Bu auditoriyaga tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi». Tanzila Narbayeva — SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh berdi
13 sentabr 2022, 15:04

«Bu auditoriyaga tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi». Tanzila Narbayeva — SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh berdi

Senat yalpi majlisida senator chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan ikki dori mavjud ehtiyojning 50 foizini ham qamrab olmayotganini tanqid qildi. SSV rahbari o‘rinbosari u keltirgan raqamlarga shubha bilan qaradi. Senat raisi Tanzila Narbayeva unga tanbeh berib, raqamlar tahlil asosida tayyorlanganini aytdi.

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
13 sentabr 2022, 10:41

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shu paytga qadar o‘rinbosar bo‘lgan Murat Kallibekovich Kamalov lavozimidan ozod etildi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi
11 iyun 2022, 10:51

Senatning navbatdagi yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi

Senatning 27-yalpi majlisi 13 iyun kuni chaqiriladi. Unda davlat mulkini boshqarish, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga oid qonunlar ko‘riladi. Bundan tashqari, senatorlar Oliy sud raisini saylashi rejalashtirilgan.

Senat majlisi yana jonli efirda uzatilishi rejalashtirilmoqda
25 may 2022, 18:09

Senat majlisi yana jonli efirda uzatilishi rejalashtirilmoqda

28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.

Senator Topiboldi Xoldorov vafot etdi
22 avgust 2021, 15:26

Senator Topiboldi Xoldorov vafot etdi

Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.

Senat Rossiyaga ishga jo‘natilib, va’da qilingan maoshini ololmayotgan fuqarolar murojaatini o‘z nazoratiga oldi
24 iyul 2021, 17:30

Senat Rossiyaga ishga jo‘natilib, va’da qilingan maoshini ololmayotgan fuqarolar murojaatini o‘z nazoratiga oldi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi.

Senatorlar davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi
26 iyun 2021, 13:09

Senatorlar davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. Yangi tahrirdagi qonunda bir qator yangi normalar mavjud.

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi
28 may 2021, 14:48

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi

Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020 yilda davlat byudjetiga qancha daromad tushganini ochiqladi. Yil boshidagi prognozga nisbatan davlat byudjetiga QQSdan 13 trln so‘m kam mablag‘ tushgan. Vazir kamomadlar nimaning hisobiga qoplanganligini ham ma’lum qildi.

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarfladi?
28 may 2021, 12:38

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarfladi?

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi
8 aprel 2021, 19:12

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi. Unda fazoviy ma’lumotlar, noshirlik faoliyati, psixiatriya yordamiga oid qonunlarni ko‘rib chiqish reja qilingan. Qolaversa, Hisob palatasi, Bosh prokuratura hamda Markaziy bankning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari muhokama qilinadi.

Senator qurol to‘g‘risidagi qonunchilikda mavjud «huquqiy bo‘shliq»ni ma’lum qildi
5 aprel 2021, 23:30

Senator qurol to‘g‘risidagi qonunchilikda mavjud «huquqiy bo‘shliq»ni ma’lum qildi

Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi «huquqiy bo‘shliq"lar mavjud bo‘lgan qurol to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqmoqda, deya qayd etdi senator Farhod Boqiyev. Qurol va o‘q-dorilar muomalasi ustidan davlat nazorati funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazish, qolaversa, o‘qotar bo‘lmagan qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Tuman hokimlari majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan oldi
5 dekabr 2020, 16:43

Tuman hokimlari majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan oldi

4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishida beshta tuman — Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Urganch tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting